Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Google AQShda 17 milliard dollarlik data-markaz quradi

Google AQShda 17 milliard dollarlik data-markaz quradi


Google AQShning Vayoming shtatida o‘zining birinchi ma’lumotlar markazini qurish uchun 17 milliard dollar sarmoya kiritishi ma’lum qilindi.

5 noyabrda e’lon qilingan loyiha kompaniyaning sun’iy intellekt infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan. Markaz Tallgrass Energy, Black Hills Energy, American Electric Power va Related Digital kompaniyalari bilan hamkorlikda barpo etiladi.

Loyihani elektr bilan ta’minlashda quvvati 702 megavatt bo‘lgan yoqilg‘i elementlari majmuasidan ham foydalanish rejalashtirilgan. U karbonat angidridni tutib qolish va saqlash texnologiyasi bilan jihozlanadi.

Kiritildi: 21:45 06.11.2026. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik