Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘ijduvonda sud tizimi xodimi jinoyat ustida ushlandi

G‘ijduvonda sud tizimi xodimi jinoyat ustida ushlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 237 va 238-moddalari bilan qo‘zg‘atilib, JIB Kogon shahar sudi tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga sud tizimida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali yengillik yaratib berish hamda kelgusida hukmni o‘zgarmasligini va’da qilib, evaziga 700 AQSh dollari talab qilib, muqaddam 100 AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuraratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda arxiv mudiri qolgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:29 15.10.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!