Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17–18 iyun kunlari Toshkentda keladi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17–18 iyun kunlari Toshkentda keladi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Osiyo bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Xabar qilinishicha, u 5 kunlik safari davomida Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonda bo‘lishi rejalashtirilgan. Shtaynmayerga turmush o‘rtog‘i hamda biznes delegasiyasi hamrohlik qiladi.

Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentda Germaniyaning GP Günter Papenburg qurilish kompaniyasi filialini ko‘zdan kechiradi.

Tashrif doirasida Shtaynmayer Islom sivilizasiyasi markazini ko‘zdan kechiradi, mehnat migrasiyasi va mutaxassislar tayyorlashga bag‘ishlangan tadbirda ham ishtirok etadi.

Germaniya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Osiyodagi boshqa har qanday mamlakatga qaraganda ko‘proq odam nemis tilini o‘rganmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!