Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Rimda ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘lib o‘tdi – DW

Rimda ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘lib o‘tdi – DW


Xabarlarga ko‘ra, Italiya poytaxti ko‘chalariga migrasiya tarafdorlari va raqiblarining o‘n minglab ishtirokchilari namoyishga chiqdi. Bunga 50 ming imzo to‘plab, parlament muhokamasiga kiritilgan "reemigrasiya" to‘g‘risidagi qonun loyihasi sabab bo‘ldi.

Gap noqonuniy migrantlarni deportasiya qilish va mamlakatga kirish qoidalarini kuchaytirishni taklif qiluvchi "Remigration and Conquest" (Reemigrasiya va qayta zabt etish) fuqarolik tashabbusi haqida bormoqda. "Reemigrasiya" (migrantlarni mamlakatdan haydab chiqarish) termini so‘nggi yillarda Yevropadagi o‘ta o‘ngchilar tomonidan faol qo‘llanilmoqda.

O‘ng qanot marshi bir necha ming ishtirokchini to‘pladi. Namoyishchilar migrasiya siyosatini kuchaytirishni va chet elliklarni deportasiya qilishni talab qilishdi. Ayrimlar Mussolini davriga ishora qiluvchi shiorlarni hayqirishdi. Bunga javoban Rimning boshqa bir tumanida chap qanot kuchlar va kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan, migrantlarni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘p ming kishilik aksiya bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar ksenofobiya va kamsitishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ma’lum qilishdi. Hukumat to‘qnashuvlarning oldini olish uchun minglab polisiyachilarni jalb qildi. Natijada mitinglar zo‘ravonliksiz o‘tdi. Migrasiya bo‘yicha bahslar Jorja Meloni hukumati siyosatidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:15 14.06.2026. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!