Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi


E’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun hozirgi soatgacha roppa-rosa 74 725 ta chipta sotib bo‘lingan. Bu ko‘rsatkich hozircha JCH-2026’dagi barcha o‘yinlar reytingidan yuqori natija qayd etmoqda.

O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin chipta sotilishi bo‘yicha hatto turnirning ochilish bahsi hisoblangan Meksika — JAR (73 373 ta) va muxlislar diqqat markazida bo‘lgan Braziliya — Marokash (73 719 ta) uchrashuvlarini ham ortda qoldirmoqda.

Ushbu qizg‘in bahs Mexiko shahridagi sig‘imi 81 070 kishini tashkil etuvchi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Sotilgan chiptalar soni inobatga olinsa, stadion o‘rindiqlarining qariyb 92 foizi allaqochon band etilgan va bo‘sh joy qolmasligi deyarli aniq.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hayajonli va tarixiy o‘yin 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan ertalab soat 07:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:23 12.06.2026. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!