Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Huhiga JChdagi goli uchun 3 million dollar va yarim milliondan qimmatroq Rolls-Royce Phantom sovg‘a qiladi.
Tunda JCh guruh bosqichi 1-tur doirasida Qatar milliy jamoasi Shveysariyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Maydonda katta ustunlikka ega bo‘lgani va hisobda ancha vaqt oldinda borganiga qaramay, Yevropa qit’asi vakillari qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabadan quruq qolishdi.
4-qo‘shib berilgan daqiqada o‘yinni markaziy himoyachi sifatida boshlagan Bualem Huhi hujumda paydo bo‘ldi va havodan uzatilgan to‘pni raqib darvozasi to‘riga yo‘lladi. Natijada Qatar tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi — bu Qatar uchun mundiallar tarixidagi ilk ochko bo‘ldi.
Qatar davlat investisiya jamg‘armasi o‘z goli bilan jamoaga bir ochko olib kelgan Bualem Huhiga 3 million dollar va narxi 550 000 dollar turadigan yangi Rolls-Royce Phantom topshirilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash lozim, bu Qatarning mundiallar tarixidagi bor yo‘g‘i ikkinchi goli hisoblanadi.