Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyahuda sog‘lom fikrlash umuman yo‘q, men Bayrutga berilgan zarbadan judayam noroziman — Tramp

Netanyahuda sog‘lom fikrlash umuman yo‘q, men Bayrutga berilgan zarbadan judayam noroziman — Tramp


AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Isroil bosh vaziriga "Nima balo qilyapsan o‘zi?" ("What the fuck are you doing?"), degan. Bu haqda Axios jurnalisti Barak Ravid Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan qisqa suhbatdan so‘ng xabar berdi.

Tramp, shuningdek, Isroilning Bayrutga bergan zarbasi va Tehronning ushbu hujumga javob qaytarish tahdidlariga qaramay, AQSh va Eron o‘rtasida mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha kelishuv yakshanba kuni baribir imzolanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning xatti-harakatlarini ham keskin tanqid qilgan.

"Bibi nima uchun bu la’nati hujumni amalga oshirdi? Men bundan judayam g‘azablandim va buni unga bildirdim. Netanyahuda hech qanday me’yorlarga qaramaydi. Men o‘z qarorimni unga tushuntirib qo‘ydim", — deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist.

Kiritildi: 22:45 14.06.2026. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!