Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: “Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim”

Saida Mirziyoyeva: “Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim”

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bunga munosabat bildirdi.

"Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.

Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.

Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq", deb yozadi u.

Kiritildi: Bugun 10:32. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!