Taniqli sport sharhlovchisi va televideniye boshlovchisi Dmitriy Guberniyevning fikricha, O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin.
"Bundan tashqari, menimcha, ular umuman olganda mundial finaligacha yetib borishga qodir. Futbolda hamma narsa mumkin. O‘zim shaxsan shu terma jamoa uchun qayg‘urib tomosha qilaman. Finalda O‘zbekiston — Niderlandiya uchrashuvini kutyapman", — deya Guberniyevning so‘zlarini keltiradi "RB Sport" portali.
Ma’lumki, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘l oldi. Jamoa "K" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston mundialdagi birinchi uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 07:00 ga belgilangan.