Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin



Tinch okeanida El-Nino tabiat hodisasi boshlandi. AQSh Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) meteorologlarining e’lon qilishicha, yaqin haftalarda u butun dunyo bo‘ylab ob-havo sharoitini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

"Bu so‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino bo‘lishining real ehtimoli bor", — dedi professor Pol Raundi.

Ma’lumot uchun, El-Nino — har ikki yildan yetti yilgacha bo‘lgan davrda takrorlanib turadigan iqlim hodisasidir. U Tinch okeanining muayyan qismida suv haroratining isishi bilan namoyon bo‘ladi. Uning oqibatlari mintaqaga qarab keskin farq qiladi: Markaziy Amerika, Osiyo, Afrika va Avstraliya hududlarining bir qismida ko‘pincha havo yanada isib, qurg‘oqchilik kuzatiladi. Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillari bo‘ylab esa El-Nino kuchli jala quyishlari va suv toshqinlarini olib keladi.

"Tropiklardagi atmosfera o‘zgarishlari keyinchalik undan ancha uzoqda joylashgan o‘rta kengliklarga ham ta’sir qilishi mumkin. Shu bois, biz episentrdan minglab kilometr uzoqda bo‘lsak ham, bundan xavotirdamiz", — deya tushuntirdi Goddard nomidagi Kosmik tadqiqotlar instituti (GISS) direktori Gevin Shmidt DW nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon global zanjirli reaksiyaga o‘xshaydi, unda El-Nino — "atmosferadagi birinchi yiqilayotgan domino toshi" vazifasini o‘taydi.

El-Nino hodisasi hosildorlikning pasayishi va trillionlab dollarga yetishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlar bilan bog‘lanadi. Ijobiy tomoni shundaki, El-Ninoni bir necha oy oldin taxmin qilish mumkin, bu esa hukumatlar va aholiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 21:14. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!