Kanadada aviasiya sohasini larzaga keltirgan holat fosh etildi. Air Canada aviakompaniyasining sobiq uchuvchisi Jeffri Uell 17 yil davomida haqiqiy lisenziyasiz parvozlarni amalga oshirganlikda ayblanib, hibsga olindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2009 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda 900 dan ortiq ichki va xalqaro reyslarni boshqargan. Eng e’tiborlisi, u shu vaqt davomida o‘zini malakali uchuvchi sifatida ko‘rsatib, aviakompaniyada faoliyat yuritgan.
Huquq-tartibot organlari tomonidan unga firibgarlik, qalbaki hujjatlardan foydalanish hamda yolg‘on ma’lumot taqdim etish kabi bir qator jiddiy ayblovlar qo‘yilgan.
Air Canada aviakompaniyasi esa rasmiy bayonotida ushbu shaxs ish faoliyati davomida barcha amaliy va texnik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi. Biroq holat aniqlanishi bilanoq u zudlik bilan parvozlardan chetlatilgan.
Mazkur voqea aviasiya tizimida nazorat va tekshiruv mexanizmlarini yanada kuchaytirish zarurligini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.