Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Tramp bizni tuzoqqa tushirib ketdi". Isroilda AQSh va Eron o‘rtasida tayyorlanayotgan kelishuv keskin tanqid qilindi

"Tramp bizni tuzoqqa tushirib ketdi". Isroilda AQSh va Eron o‘rtasida tayyorlanayotgan kelishuv keskin tanqid qilindi


Ynet nashrining yozishicha, yuqori martabali isroillik manbalar bo‘lajak kelishuv mamlakat manfaatlariga zarar yetkazadi hamda Eronning yadroviy va raketa dasturlari bilan bog‘liq asosiy tahdidlarni bartaraf etmaydi, degan fikrda.

"Bizning ovozimiz eshitilmayapti. Bu yomon kelishuv. Bundan hech kim mamnun emas. Hamma bu biz uchun yomon ekanligini va Isroil manfaatlariga zarar yetkazishini tushunib turibdi" — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Boshqa bir manba esa bundan ham keskinroq fikr bildirdi: "Tramp bizni tuzoqqa tushirib ketdi".

Isroilning yana bir rasmiy vakili Ynet nashriga ma’lum qilishicha, mintaqada ushbu kelishuv Eron tomonidan o‘tkazilgan bosim va Qo‘shma Shtatlarning yon bosishi natijasi o‘laroq qabul qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa muddatli istiqbolda bunday shartnoma muvaffaqiyatsizlik deb hisoblanadi.

Isroildagi manbalar, shuningdek, kelishuvning uzoq muddatli bo‘lishiga shubha bildirmoqdalar va uning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy mezon — Eronning boyitilgan uran zaxiralari haqiqatda musodara qilinishi va yo‘q qilinishi bo‘ladi, deb hisoblashadi. Agar bu sodir bo‘lmasa, shartnoma borasidagi xavotirlar yanada kuchayadi, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 20:45. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!