Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga qarshi urushga har kuni qariyb 700 mln dollar sarflayapti

Rossiya Ukrainaga qarshi urushga har kuni qariyb 700 mln dollar sarflayapti


Bu haqda Germaniyaning Xalqaro xavfsizlik muammolari instituti ilmiy xodimi Yanis Klyuge tomonidan olib borilgan tadqiqot xulosasida so‘z boradi. Olimga ko‘ra, 2026 yilning birinchi choragida Rossiyaning harbiy xarajatlari 5 trillion 908 milliard rublga (taxminan 65 milliard dollar) yetgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,9 foizga, 2024-yilning birinchi choragiga nisbatan esa 68,7 foizga ko‘pdir. 2023-yil bilan solishtirganda harbiy xarajatlar 129 foizga oshgan, 2022-yil boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan esa farq yanada kattaroq — 4,6 barobar.

Qayd etilishicha, Rossiya byudjetida harbiy xarajatlar ulushi rekord darajada o‘sib, ilk bor 46 foizga yetgan. Klyuge shundan kelib chiqib har ikkinchi rubl Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirish uchun sarflanayotganini, bu soatiga taxminan 30 million dollardan to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlagan.

Harbiy xarajatlarning asosiy o‘sishi Rossiya byudjetining yopiq yoki maxfiy bandlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Chorak yakuniga ko‘ra, maxfiy xarajatlar hajmi 3,4 trillion rubldan (taxminan 38 milliard dollar) 4,9 trillion rublgacha (taxminan 54 milliard dollar) oshgan. Tahlilchining fikricha, 2026 yil yakuniga borib Rossiyaning harbiy xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 9–10 foizigacha chiqishi mumkin. Bu esa byudjet taqchilligini oshiradi.

Klyugening hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlangan 2022 yildan beri rossiyaliklar harbiy harakatlarni moliyalashtirish uchun qariyb 54 trillion rubl (taxminan 746,6 milliard dollar) sarflagan.

Kiritildi: Bugun 20:07. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!