UNRWAning aloqalar bo‘yicha katta menejeri Jonatan Fouler Anadolu agentligiga Isroil hujumlari va qamallari sabab G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar vaziyat haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat misli ko‘rilmagan fojia darajasiga yetgan.
«Dori-darmon, oziq-ovqat va suvning halokatli taqchilligi mavjud. Doimiy ko‘chish, o‘lim va vayronagarchilik - bularning barchasi texnogen ofat bo‘lib, 2 million aholiga ta’sir qiladi. Ular omon qolish uchun gumanitar yordamga bog‘liq, ammo minimal ehtiyojlar ham qondirilmayapti», - deydi Fauler.
Shu bilan birga, Amnesty International tashkiloti Isroilni falastinliklarni genosidda ayblagan hisobotini chop etdi.
Tashkilot 2023 yil oktabridan 2024 yil iyuligacha Isroilning G‘azodagi harakatlarini o‘rganib chiqdi, 200 dan ortiq kishidan ko‘rsatmalar to‘pladi va vizual materiallarni tahlil qildi.
«Individual ravishda, Amnesty International tomonidan ko‘rib chiqilgan ayrim harakatlar xalqaro gumanitar huquq yoki xalqaro inson huquqlari qonunlarining jiddiy buzilishini tashkil qiladi. Ammo butun harbiy kampaniya hamda Isroil siyosati va harakatlarining oqibatlari birgalikda ko‘rib chiqilsa, yagona oqilona xulosa genosid niyatidir», deyiladi hisobotda.