Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr uchun bazaviy me’yor oshiriladi

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr uchun bazaviy me’yor oshiriladi

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr uchun bazaviy me’yor 350 kVt·soatga oshirilishi mumkin.

Isitish mavsumida gazlashmagan yoki tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yashovchi aholi uchun elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yorini amaldagi 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirish taklifi ma’qullandi.

Bu masala aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan muhokamada ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Ijtimoiy reestrga kirmagan, ammo yordamga muhtoj oilalarning elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash imkoniyatini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda. Buning uchun oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad mezonini 1 million 430 ming so‘mgacha oshirish taklif etildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu o‘zgarish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qamrovi qo‘shimcha 166 ming oilaga kengayishi mumkin.

Bundan tashqari, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilingan qism xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish muddatini 2028 yil 1 aprelgacha uzaytirish taklif qilindi. Bu mexanizm orqali bir yilda 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Sharoiti og‘ir mahallalardagi yana 3 mingta xonadonni issiqlik jihatidan himoyalash, shuningdek, ularni energiya tejovchi uskunalar bilan ta’minlash ishlari ham davom ettiriladi.

Davlat rahbari Hukumatga ijtimoiy yordam uchun zarur mablag‘larni o‘z vaqtida yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda manzillilikni ta’minlash hamda ajratilayotgan yordam har bir oilaga yetib borishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasini topshirdi.

Kiritildi: 20:13 06.10.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!