Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

G7 davlatlari yoqilg‘i narxlarini pasaytirish uchun strategik zaxiralarni ochadi

G7 davlatlari yoqilg‘i narxlarini pasaytirish uchun strategik zaxiralarni ochadi

G7 davlatlari yoqilg‘i bozoridagi bosimni kamaytirish maqsadida strategik zaxiralaridagi neft va neft mahsulotlarini bozorga chiqarishga kelishib oldi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, «Katta yettilik» davlatlari strategik zaxiralaridan 100 million barrelgacha neft va neft mahsulotlarini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Qaror G7 davlatlari rahbarlarining Makron boshchiligida o‘tkazilgan videokonferensiyasidan so‘ng qabul qilingan.

Chiqariladigan mahsulotlarning qariyb yarmi dizel yoqilg‘isi bo‘ladi. Uning katta qismi dastlabki 20 kun ichida bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Qolgan neft esa taxminan to‘rt oy davomida yetkazib beriladi.

Makron avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali yoqilg‘i narxlarining oshishi masalasini muhokama qilgan. AQSh Yevropa davlatlarini dizel tanqisligi va narxlar o‘sishi sharoitida strategik zaxiralarni tezroq bozorga chiqarishga chaqirgan.

Yoqilg‘i bozoridagi tanqislikka AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro sabab yetkazib berishdagi uzilishlar, Rossiya neft eksportiga qo‘yilgan cheklovlar hamda Xitoy tomonidan yoqilg‘i yetkazib berishning to‘xtatilishi ta’sir qilgani aytilmoqda.

G7 davlatlari endi zaxiradagi millionlab barrel neft va yoqilg‘ini bozorga chiqarish orqali ta’minotdagi bosimni yumshatishga urinmoqda.

Kiritildi: 21:25 02.10.2026. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!