Saudiya Arabistonida bugun U-17 Osiyo Kubogi bahslari rasman start oladi. Jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi ushbu musobaqada jami 16 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Saudiya Arabistoni, Tailand va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi ilk bahsda o‘smirlarimiz Tailand bilan kuch sinashadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz: turnirning eng yaxshi 8 jamoasi — ya’ni barcha chorak final ishtirokchilari — 2025 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionatiga Osiyo vakillari sifatida yo‘llanma oladi. Boshqacha aytganda har bir guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar jahon chempionatiga chiqadi. Tailand va Xitoyni yutib, atigi 2 tagina g‘alaba bilan mundialga borish imkoniyati bor.