Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tungi klub oldida boshqalarni do‘pposlagan Akmal Shukurovga hukm o‘qildi

Tungi klub oldida boshqalarni do‘pposlagan Akmal Shukurovga hukm o‘qildi

Toshkent shahridagi tungi klub oldida zo‘ravonlik qilgan Akmal Shukurov jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Akmal Shukurovga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlangan. Sudning hukmiga ko‘ra, Akmal Shukurov Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “e” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Sud hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya/kassasiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Kun.uz'ga ko‘ra, Akmal Shukurov 2025 yil 16 martga o‘tar kechasi, tungi soat 2:30 atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mushtlashuv sodir qilgandi. U o‘zining tanishi, 40 yoshli Xurshid bilan o‘rtada kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 35 yoshli Boris esa ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida Akmal uni urib tan jarohati yetkazgan.

Zarbadan keyin Boris bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yaqinlari unda tezkor ravishda 5 soatlik miya trepanasiyasi operasiyasi o‘tkazilganini, so‘ngra sun’iy komaga tushirilganini aytgan.

Kiritildi: 18:17 24.10.2025. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!