Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda ukrainalik ayol o‘ldirildi. O‘lim jazosi beriladimi?

AQShda ukrainalik ayol o‘ldirildi. O‘lim jazosi beriladimi?

AQShda 34 yoshli Dekarlos Braun 23 yoshli ukrainalik qochqin Irina Zaruskayani o‘ldirishda ayblanmoqda. NBC News xabariga ko‘ra, hakamlar hay’ati u «atayin o‘ldirganini» aniqlagan — bu esa o‘lim jazosini nazarda tutadi.

Irina urushdan qochib, Ukrainadan AQShga kelgan edi. U ingliz tilini o‘rganib, o‘ziga ish topgandi. 22 avgust kuni Braun jamoat transportida unga uch marta pichoq bilan zarba bergan — ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Braun ilgari ham qurolli talonchilik va o‘g‘rilik uchun sudlangan. U hujumdan keyin darhol qo‘lga olingan. Irinaning oilasi adolat tiklanishini talab qilmoqda va prokuraturaga ayblov hukmi uchun minnatdorlik bildirgan.

Fojiadan keyin Shimoliy Karolina gubernatori «Irina qonuni»ni imzoladi — bu hujjat garov puli belgilanishidan oldin xavfli shaxslar sinchkovlik bilan tekshirilishini talab qiladi.

Kiritildi: 16:12 24.10.2025. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!