Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident Farmoni: Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezident Farmoni: Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi. Hokimlar bu bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni — 6 nafar, tuman va shaharlarda — 4 nafar etib belgilandi.

Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim to‘g‘ri keladi.

KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15 foizga oshiriladi.

2026 yildan boshlab “Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi” har yili o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri hamda 2030 yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Kiritildi: 09:40 24.10.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!