Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyadagi tartibsizliklardan sug‘urta kompaniyalari ko‘radigan zarar 1,2 milliard yevroga yetishi mumkin

Fransiyadagi tartibsizliklardan sug‘urta kompaniyalari ko‘radigan zarar 1,2 milliard yevroga yetishi mumkin

Fransiyadagi ommaviy tartibsizliklar va pogromlar oqibatida sug‘urta kompaniyalarining zarari 1,2 milliard yevroga yetishi mumkin. Bu haqda Financial Times nashri Morningstar DBRS tahlilchilari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bu Fransiya tarixida namoyishlar bilan bog‘liq eng yirik sug‘urta hodisalaridan biriga aylanishi mumkin.

Morningstar DBRS tahlilchisi Markos Alvaresning fikricha, Fransiyadagi ommaviy tartibsizliklar ko‘lami bo‘yicha tabiiy ofatlarga qiyoslash mumkin. Uning ta’kidlashicha, yuz millionlab yevro zarar keltiradigan bunday voqealar endi mamlakatda har yili sodir bo‘lishi mumkin.

Financial Times nashri bilan suhbatlashgan sug‘urta brokerlari ham kompaniyalarning umumiy zarari 1 milliard yevrodan oshishi mumkinligini istisno etmayapti.

Nashr suhbatdoshlarining ogohlantirishicha, 19 oktyabr kechiga kelib ko‘chalardagi vaziyat biroz tinchlangan bo‘lsa-da, tartibsizliklar davom etsa, yetkazilgan zarar yanada ortishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:51. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!