Fransiya shimolida muhojirlarni qo‘rqitish harakatlariga aloqadorlikda gumonlangan Buyuk Britaniyaning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi.
Bu haqda ici radiostansiyasi Nor departamenti prefekturasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar payshanba kuni Dyunkerk shahri yaqinidagi Gran-Sent kommunasida ushlangan.
Ular ijtimoiy tarmoqda jonli efir olib borib, muhojirlarga nisbatan qo‘rqitish harakatlarini aks ettiruvchi kadrlarni namoyish etgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holat yuzasidan besh nafar britaniyalikni qo‘lga olgan.