Ko‘chalarda polisiya bilan shafqatsiz to‘qnashuvlar, yonayotgan mashinalar, vayron qilingan do‘konlar va mutlaq boshboshdoqlik hukm surmoqda.
O‘quvchilar isyonining sabablari — sinflarning o‘quvchilarga to‘lib ketgani, maktablardagi sharoitlarning yomonligi, o‘qituvchilar yetishmovchiligi va ta’limning qimmatligidir.
Dastlab yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan boshlangan namoyishlarga keyinroq anarxistlar va migrantlar ham qo‘shildi, shundan so‘ng ommaviy tartibsizliklar va polisiya bilan to‘qnashuvlar avjiga chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 65 nafar ta’lim muassasasi xodimi, 40 nafar direktor va 300 nafar polisiyachi jabrlandi. Butun mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq maktab yopildi, 5 mingdan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi.