Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xakkanenning fikricha, Rossiyaning Rossiya Federasiyasi bilan chegaradosh mamlakatlarda NATO mavjudligini kamaytirish haqidagi talabi — muzokaralar chog‘ida AQSh va Yevropaning qat’iyatini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan urinishdir.
"Hatto bunday takliflarni ilgari surishning o‘ziyoq g‘oyatda g‘ayrioddiy va qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir. Rossiya buni yaxshi biladi", — dedi Xakkanen juma kuni Xelsinkida jurnalistlarga.
"So‘nggi kunlarda Rossiya AQSh va Yevropaning qanchalik moslashuvchan ekanligini sinab ko‘rishga qaror qilgani aniq ko‘rinib turibdi. Rossiyaning tinchlik muzokaralariga jiddiy yondashmayotgani ayon; aksincha, u o‘z talablari doirasini kengaytirmoqda — Ukraina urushidan tashqariga chiqib, Yevropa xavfsizlik arxitekturasini Rossiya foydasiga qayta qurishni ko‘zlamoqda. G‘arb siyosatchilari shuni anglashlari kerakki, bu Rossiyaning o‘nlab yillar davomida qo‘llab kelayotgan psixologik strategiyasining bir qismidir: muzokara shartlarini biz uchun noqulay bo‘ladigan tarzda o‘zgartirish. Biz ularning bu nayrangiga aldanib qolmasligimiz lozim", — deya qo‘shimcha qildi u.