Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Filippinda parom yonib ketdi: 5 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi bedarak yo‘qolgan

Filippinda parom yonib ketdi: 5 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi bedarak yo‘qolgan

Kecha soat 18:45 lar atrofida Palavan provinsiyasining Koron oroli yaqinida suzib ketayotgan kemada yong‘in chiqqan.

Kema bortida 134 kishi — 117 nafar yo‘lovchi va 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kishi halok bo‘lgan, 87 kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruvchilar suvdan 42 kishini chiqarib, qirg‘oqqa yetkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Yo‘qolganlar soni o‘zgarishi mumkin.

Yong‘in paromni butunlay vayron qilgan. Qutqaruv amaliyoti kuchli to‘lqinlar va oqimlar sababli qiyin kechmoqda: falokat haqida signal berilgan paytda kema qirg‘oqdan taxminan 7,4 km uzoqlikda bo‘lgan, keyin oqim paromni ochiq dengizga surib ketgan.

Yo‘lovchilar orasida xorijlik sayyohlar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 17:40 10.09.2026. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!