Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA va UYEFA o‘rtasidagi yangi nizo

FIFA va UYEFA o‘rtasidagi yangi nizo

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirishni, shuningdek, turnirning o‘tkazilish chastotasini oshirishni istamoqda, deb xabar beradi The Times.

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Infantinoning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kengaytirish bo‘yicha har qanday urinishini — xoh jamoalar sonini oshirish, xoh musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish orqali bo‘lsin — to‘sib qo‘yadi. UYEFA Yevropadan ishtirok etadigan jamoalar sonining ehtimoliy ortishidan norozilik bildirmoqda.

O‘tgan yilgi turnirda Yevropaning 12 ta klubi ishtirok etgan edi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi esa finalda «PSJ»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Chelsi» bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:06 14.03.2026. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!