Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

FIFA UYEFAni tuhmatda aybladi

FIFA UYEFAni tuhmatda aybladi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqini (UYEFA) o‘ziga qarshi tuhmat kampaniyasi olib borishda aybladi.

Bu haqda “The Telegraph” xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, UYEFA AQShning uchta sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, FIFA prezidenti Janni Infantinodan amalga oshmay qolgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati ulushlarini sotishga oid Fifa Forward Enterprise (FFE) rejasiga taalluqli barcha materiallarni oshkor qilishni talab qilgan.

Shuningdek, UYEFA o‘z hujjatlaridan birida o‘zi va boshqa manfaatdor tomonlar "Shveysariyada Infantino hamda, ehtimol, FIFAning boshqa mansabdor shaxslari va maslahatchilariga qarshi jinoiy da’vo qo‘zg‘atishga tayyorlanayotgani" haqida ogohlantirgan. Agar FIFA hujjatlarni tezkorlik bilan ochiqlashga rozi bo‘lsa, uzoq davom etadigan sud jarayonining oldini olish mumkin, degan fikr mavjud.

Biroq shu hafta FIFA o‘z bayonoti bilan javob qaytarib, suddan ushbu iltimosnomaga "qarshi chiqish"ni so‘radi.

"Garchi bu [UYEFA] bayonotlari sarlavhalar va ish raqamlari bilan yuridik hujjat sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, ular UYEFAning FIFA va uning rahbariyatiga qarshi tuhmat kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan matbuot xabarnomasidan (press-reliz) boshqa narsa emas", – deya FIFA bayonoti mazmunini keltiradi “The Athletic”.

FIFA FFE rejasi "shunchaki bir taklif" bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!