FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati byudjetini qisqartirdi.
FIFAning 2024 yilgi yillik hisobotida 2023 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz qilingan byudjet taqdim etilgan edi. Unga ko‘ra, Jahon chempionatini o‘tkazish uchun operasion xarajatlar 1,12 milliard dollarni, mukofot pullari va teletranslyasiya amaliyotlarini o‘z ichiga olgan umumiy byudjet esa 3,756 milliard dollarni tashkil etishi kerak edi.
Operasion xarajatlar sifatida «texnik xizmat ko‘rsatish» uchun 280 million dollar, transport uchun 159 million dollar, xavfsizlik uchun 145 million dollar va mehmonlar bilan ishlash uchun 79 million dollar ajratish rejalashtirilgan edi.
Biroq, The Athletic nashrining to‘rtta manbaga tayanib xabar berishicha, xarajatlar 100 million dollardan ko‘proqqa qisqartirilgan. Tegishli ko‘rsatma FIFAning Shveysariyadagi shtab-kvartirasidan kelgan.
«FIFA xarajatlarni nazorat qilish va imkon qadar ko‘proq daromadni butun dunyo bo‘ylab futbolni rivojlantirishga investisiya qilish maqsadida byudjet samaradorligini doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqadi. Bu hech kimni hayron qoldirmasligi kerak, chunki barcha turnir va tadbirlarimiz oldidan odatda byudjet qayta ko‘rib chiqiladi.
Byudjet samaradorligini oshirish FIFA prezidentligi saylovlari bilan bog‘liqligi haqidagi da’volar shunchaki uydirmadir», — deya vaziyatga izoh berdi tashkilot vakili.