Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada yuz bergan yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

 Farg‘onada yuz bergan yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada choyxona yonayotgani aytilgan video tarqaldi. FVV xabariga ko‘ra, 16 iyun kuni kechqurun ro‘y bergan hodisa oqibatida noturar joy binosi va uchta avtomobil yong‘in ichida qolgan, 2 kishi halok bo‘lib, 3 kishi jabrlangan.

16 iyun kuni kechqurun Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani Soy bo‘yi mahallasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda choyxona yonib ketgani aytiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, noturar qarovsiz binoning 60 kvadrat metr maydoni va 3 ta avtomobil – Labo, Hyundai va Mercedes-Benz yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman xizmatlari rahbariyati yetib borgan.

Kiritildi: 13:31 17.06.2026. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!