Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada mashinasining gaz balloni portlagan haydovchi 3 yilga qamaldi

Farg‘onada mashinasining gaz balloni portlagan haydovchi 3 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Lacetti gaz balloni portlashidan bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan sud ishi yakunlandi.

Voqea 2024 yil 27 iyun kuni soat 11:40 larda yuz bergan. “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan Lacetti avtomashinasi metan gaz balloni portlab ketgan.

Portlash vaqtida avtomobil ichida hech kim bo‘lmagan, birlamchi ma’lumotga ko‘ra, portlash natijasida avtomobil atrofidagi shaxslar turli darajada tan jarohati olgan. Portlash natijasida kelib chiqqan yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan.

Lacetti egasi avtomashinasini dehqon bozori hududiga to‘xtatib, o‘zi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan bo‘lgan.

Portlash oqibatida shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi Rishton tuman sudida ko‘rib chiqildi. Haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan aybli deb topildi va 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holatda 3 yilga ozodlikdan ham mahrum qilindi.

Bundan tashqari, haydovchidan jabrlanuvchilar foydasiga 26 mln so‘m moddiy, 58 mln so‘m ma’naviy zararlar undirish belgilandi.

Kiritildi: 10:27 04.05.2025. O'qildi: 973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!