Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Farg‘ona viloyatida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaroga 300 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini 5,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda A.X.ga qo‘lbola alkogol mahsulotlarini fuqarolar M.X. va YU.E. yetkazib turganliklari aniqlanib, YU.E.ning Dang‘ara tumani, “Aravon” MFY hududidagi xonadonidagi yashirin sexdan 24 932 dona qopqoq, 18 402 dona etiketkalar, 4 270 dona plastik paketlar, 1 590 dona bo‘sh shisha idishlar, 957 dona QR kodlar, 800 dona qalbaki aksiz markalar, 627 dona alkogol mahsulotlari, 440 litr spirt va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!