"O‘zenergoinspeksiya" va "Hududgaz Farg‘ona" GTF hamkorligida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro X. O. ga qarashli saunada loyiha-texnik hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 54 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum böldi.