Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa davlatlari yetakchilari Putin bilan Ukrainadagi urushni yakunlash masalasini muhokama qildi

Evropa davlatlari yetakchilari Putin bilan Ukrainadagi urushni yakunlash masalasini muhokama qildi

Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va uni yakunlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qilishni istagan g‘arblik yetakchilar tashabbusi bilan uyushtirilgan.

Finlandiya prezidenti kanselyariyasi bayonotida aytilishicha, muloqotdan maqsad "Ukrainaning Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralari bo‘yicha pozisiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri prezident Putinga yetkazish" bo‘lgan. Bu Putinning so‘nggi bir yildan ortiq vaqt ichida Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa yetakchilari bilan qilgan birinchi muloqotidir. U oxirgi marta 2025 yil iyul oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlashgandi.

Kreml shunday muloqot o‘tkazilganini tasdiqladi va Putin Ukrainadagi "hozirgi vaziyatga baho berib", "mojaroning asl sabablari"ni eslatganini qayd etdi. Shuningdek, Rossiya prezidenti "Evroittifoq va NATO mamlakatlarining harbiy harakatlar cho‘zilishiga olib keladigan qarama-qarshilik siyosati"ga urg‘u qaratdi, deiladi Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Evropaliklar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ham qo‘ng‘iroq qilishgan va unga Putin bilan suhbat mazmunini yetkazishgan. "Aleks va Yonas Rossiya rahbariyatiga bizning energetikamiz va infratuzilmamiz bo‘yicha vaziyatni yumshatuvchi real qadamlar darkorligini aniq qilib tushuntirishdi", – dedi Zelenskiy. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Finlandiya va Norvegiya rahbarlari Ukraina, Amerika va Rossiya vakillari darajasidagi uch tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qilgan.

Evropaliklarning Moskva bilan kontakt o‘rnatishi “pozisiyadagi jiddiy o‘zgarish” sifatida ko‘rilmoqda. Ammo Kremldagi manba “amalda munosabatlardagi keskinlik saqlanib qolayotgani”ni ta’kidlagan.

Kiritildi: 22:03 27.10.2026. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!