Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroilda saylovchilar ishtiroki so‘nggi 45 yillik rekordni yangiladi

Isroilda saylovchilar ishtiroki so‘nggi 45 yillik rekordni yangiladi

Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Isroildagi parlament saylovlarida saylovchilarning 16,68 foizi — 1,2 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu mamlakatda so‘nggi 45 yil ichida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Isroil Markaziy saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, «Ediot Axronot» gazetasiga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, saylovchilar faolligining yuqoriligi bir qator omillar bilan izohlanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunga 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS guruhi Isroilga hujum qilganidan buyon mamlakatda ilk bor parlament saylovlari o‘tkazilayotgani sabab bo‘lmoqda. Tahlilchilar ta’kidlashicha, ko‘plab saylovchilar ushbu saylovlarni hujum vaqtida va undan keyin hukumat olib borgan siyosatga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.

Isroilning bir palatali parlamentidagi 120 ta o‘rin uchun 36 ta partiyadan nomzodlar kurash olib bormoqda. Mamlakatda jami 7,3 million kishi ovoz berish huquqiga ega.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da yopiladi. Ayni shu vaqtda mamlakat telekanallari ekzitpol natijalarini e’lon qila boshlaydi.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!