Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh harbiylari BYD avtomobillaridan foydalanishni taqiqladi

AQSh harbiylari BYD avtomobillaridan foydalanishni taqiqladi

AQSh harbiylari Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan Kadena aviabazasida Xitoyning BYD kompaniyasi avtomobillaridan foydalanishni taqiqladi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Bunday cheklov avtomobil kameralari va sensorlari harbiy ob’ekt hududida ma’lumot to‘plash uchun ishlatilishi mumkinligi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli joriy etilgan.

Ushbu qaror haqida 26 oktyabrda Kadena bazasida joylashgan AQSh Harbiy-havo kuchlarining 18-chi havo qanoti ma’lum qildi. Bo‘linma vakili, podpolkovnik Alli Stormer mazkur avtomobillar harbiy xizmatchilar xavfsizligiga va harbiy vazifalarning bajarilishiga tahdid solishi mumkinligini bildirdi. Biroq u xavfning aniq nimadan iborat ekanini ochiqlamagan.

Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday cheklovlar Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardagi AQSh harbiy bazalarida ham joriy etilishi mumkin.

Kadena aviabazasi - AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategik ahamiyatga ega harbiy ob’ektlaridan biri hisoblanadi.

AQShning bunday qaror qabul qilishiga zamonaviy avtomobillar orqali ma’lumotlar to‘planishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bo‘lgan. Chunki avtomobillarga o‘rnatilgan kameralar, sensorlar va boshqa elektron tizimlar atrof-muhit, jumladan, harbiy ob’ektlar yaqinidagi vaziyat haqida ma’lumot to‘plashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 03:30. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!