Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evroparlament vise-prezidenti ochlik e’lon qildi

Evroparlament vise-prezidenti ochlik e’lon qildi

Yevroparlament vise-prezidenti Xersonning Rossiya nazoratidagi Oleshki shahridagi gumanitar inqirozga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish maqsadida ochlik e’lon qildi.

Pina Picherno gumanitar tashkilotlar va hukumatlarni uning aksiyasiga e’tibor qaratishga hamda tegishli choralar ko‘rishga chaqirdi.

"Biz zudlik bilan gumanitar sulh e’lon qilinishini, shaharga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazilishini, shuningdek, shaharni tark etmoqchi bo‘lgan tinch aholining xavfsiz evakuasiya qilinishini talab qilishimiz kerak", — dedi u.

Oleshki Ukrainaning Xerson viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, u hozirda Rossiya harbiylari nazoratidagi. Oleshki aholisi bir necha oydan beri elektr energiyasi, oziq-ovqat va yetarli tibbiy yordamsiz qolmoqda. Shahar tinimsiz ikki tomonlama o‘qqa tutilmoqda. Uni tark etish deyarli imkonsiz, chunki shahardan chiqish yo‘llarining aksariyati minalashtirilgan.

Bir necha kun avval Rim papasi Lev XIV Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, shaharga gumanitar yordam yetkazish va aholini evakuasiya qilishni ta’minlashni so‘ragandi.

Kiritildi: 23:52 20.10.2026. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!