Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropada aviachiptalar narxi 2027 yilda rekord darajada oshishi mumkin

Evropada aviachiptalar narxi 2027 yilda rekord darajada oshishi mumkin

Evropada 2027 yilda aviachiptalar narxi tarixdagi eng yuqori sur’atda o‘sishi mumkin.

Bu haqda Irlandiyaning Ryanair Holdings Plc loukoster aviakompaniyasi bosh direktori Maykl O'Liri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

"Kelgusi 12 oy ichida Yevropada aviachiptalar narxining tarixdagi eng katta o‘sishiga guvoh bo‘lishingiz mumkin", — dedi O'Liri.

Uning prognozlariga ko‘ra, 2027 yilda aviachiptalar narxi 20 foizga qimmatlashadi.

Biroq chiptalar narxi oshishiga qaramay, aviakompaniyalarning daromadi qisqarishi kutilmoqda.

O'Lirining ta’kidlashicha, neft narxining qimmatlashishi aviakompaniyalar xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi. Hatto yoqilg‘i uchun qo‘shimcha yig‘imlarning ko‘tarilishi ham ushbu xarajatlarni to‘liq qoplay olmaydi.

Kiritildi: 23:08 20.10.2026. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!