Unga jami ikkita — “Evropa madaniyati” hamda “Daryolar va qushlar” mavzusiga oid 10 ta loyiha kiritilgan.
Banknotalarda Mariya Sklodovskaya-Kyuri, Lyudvig van Betxoven, Leonardo da Vinchi, shuningdek, baliqchi qush va oq laylak tasvirlanishi mumkin.
Evroittifoq aholisi yevro banknotalarining yangi dizayni bo‘yicha o‘z fikrlarini 21 sentyabrga qadar bildirish imkoniyatiga ega. Yevropa Markaziy banki esa shu yilning oxirigacha yakuniy variantni tanlashni rejalashtirmoqda.
Bu yevroning 2002 yilda muomalaga kiritilganidan beri ilk to‘liq redizayni bo‘ladi. Yangi banknotalar faqat bir necha yildan keyingina muomalaga chiqariladi, eskilari esa o‘z qiymatini saqlab qoladi va yangilari bilan bir qatorda ishlatilishda davom etadi.