Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga dronlar va raketalar 3,3 mlrd yevro ajratdi

Evropa Ittifoqi Ukrainaga dronlar va raketalar 3,3 mlrd yevro ajratdi

Evropa Komissiyasi (EK) Ukrainaga dronlar va raketalar sotib olish uchun qo‘shimcha 3,3 milliard yevro ajratmoqda. Bu haqda komissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. Bu avval tasdiqlangan 90 milliard yevrolik kreditning bir qismidir.

"Evropa Ukrainaga o‘z xalqi va hududini himoya qilish uchun zarur yordamni ko‘rsatishda davom etadi", deyiladi Yevropa Komissiyasi veb-saytida chop etilgan press-relizda.

Bu Ukrainaga 2026-2027 yillardagi kredit bo‘yicha to‘rtinchi to‘lovdir. Ushbu summaning 60 milliard yevrosi mudofaaga, yana 30 milliard yevrosi esa byudjet yordamiga yo‘naltiriladi. Moliyaviy yordam paketi standart shartlardan beshta istisnoni o‘z ichiga oladi: uchtasi Ukrainada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlari va komponentlariga, ikkitasi esa Amerika uskunalariga (shu jumladan, PAC-3 raketalariga) tegishli.

Kiritildi: 19:24 18.09.2026. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!