Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi missiyasiga tegishli vertolyot halokatga uchradi

Evropa Ittifoqi missiyasiga tegishli vertolyot halokatga uchradi

Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining EUFOR missiyasiga tegishli CH-47 Chinook rusumli harbiy vertolyot halokatga uchradi.

Klix portali xabar berishicha, hodisa mamlakatning Brchko shahri atrofida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 12 nafar inson turli darajada jarohat olgan.

Manbaning ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi Italiya fuqarolari hisoblanadi.

Hodisa oqibatida mahalliy tinch aholi orasida jabrlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma ob’ektlariga zarar yetmagani ma’lum qilindi.

Hozirda vertolyotning qulashiga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:04. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!