Bu qaror Germaniyada ham yangi muhokamalarga sabab bo‘ldi. AQSh Federal zaxira tizimining Nyu-Yorkdagi xazinasida hozir ham Germaniyaning 1236 tonna oltini saqlanmoqda. Uning qiymati qariyb 152 milliard yevoga baholanadi. Germaniya Soliq to‘lovchilar uyushmasi ushbu oltinni mamlakatga qaytarish talabini yana bir bor ilgari surdi.
«Niderlandiya shuni isbotladi: xohish bo‘lsa, imkoniyat ham topiladi», — dedi tashkilot vise-prezidenti Mixael Yeger.
Avvalroq Germaniya Nyu-Yorkdan 300 tonna oltinni qaytargan edi. Fransiya esa AQShda saqlanayotgan 129 tonna oltining barchasini sotib, Yevropa hududidan xuddi shuncha miqdorda oltin xarid qilgan.
Niderlandiya ham shunga o‘xshash usuldan foydalangan: 86 tonnaning qariyb 59 tonnasi AQShda sotilib, Yevropa bozorida qayta sotib olingan. Atlantika okeani orqali jismonan esa faqat 27 tonna oltin tashilgan.