Bugun 13 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Ertaga, 13 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ertaga, 13 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir,qor), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 17:30 12.02.2025. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!