Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

A A A
Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Prof boksning ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangini tasdiqladi.

U 14 sentyabr kuni o‘z yurtining Nagoya shahrida o‘zbekistonlik WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

"2025.09.14. Nagoyadagi IG Arena'da Murodjon Ahmadaliyevga qarshi 4 ta tashkilot chempionlik unvonini himoya qilishga qaror qilindi. Faoliyatidagi eng qiyin raqib bilan to‘qnash keladi, ammo shunday paytlarda Inoue o‘zining qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatadi. U qolgan 2 oyda qattiq shug‘ullanishda davom etadi, lekin eng yaxshi natijalarni albatta taqdim etadi! Uni qo‘llab-quvvatlang!", deyiladi Naoyaning anonsida.

Kiritildi: 23:13 11.07.2025. O'qildi: 12608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!