Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Garet Beyl "Oltin to‘p" favoritini aytdi

Garet Beyl "Oltin to‘p" favoritini aytdi

Garet Beyl Usmon Dembeleni "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda.

"Ha, men shunday deb o‘ylayman. Jamoalar erishgan yutuqlarga ham e’tibor qaratish kerak, deb hisoblayman. Albatta, hamma individual yutuqlar haqida gapiradi, lekin agar siz Chempionlar Ligasi, ichki trebl va yana klublar jahon chempionati kabi sovrinlarni qo‘lga kiritsangiz, buni amalga oshirgan futbolchidan o‘zib ketish qiyin bo‘ladi.

U nafaqat ajoyib mavsum o‘tkazdi, balki o‘z jamoasini ham o‘zgartirib, bu sovrinlarga erishishga olib keldi. Menimcha, u aniq favorit," - dedi "Real"ning sobiq qanot hujumchisi.

Yakshanba kuni "PSJ" klublar jahon chempionati finalida "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 20:46 11.07.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!