Samarqandning «Dinamo» klubining 21 yoshli markaziy himoyachisi Jahongir O‘rozov «Persepolis»dan kelgan taklifni rad etdi.
Varzesh3 xabariga ko‘ra, futbolchiga Eron, Qatar, Bolgariya va Rossiyadan takliflar bo‘lgan.
Ammo futbolchining maqsadi Yevropaning top ligalaridan birida to‘p surish.
Qayd etilishicha, unga Italiyaning ikki klubi va Germaniyadan bir jamoa qiziqish bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida O‘rozovning «Dinamo» bilan shartnomasi 2027 yilning oxirgacha mo‘ljallangan.