Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, hozirgi Yevropa rahbarlari tarix darslarini unutib, uni yana Rossiyaga qarshi urushga tortishga harakat qilmoqda.
U bu haqda 11 iyul, juma kuni Kuala-Lumpurda ASEAN doirasidagi tadbirlarda ishtirok etganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi. Bu haqda Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
«Berlin, Parij va Londonning so‘nggi bayonotlari va harakatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, bu mamlakatlarda va boshqa bir qator davlatlarda hokimiyatga kelgan siyosatchilar avlodi tarix darslarini, butun insoniyat ulardan olgan xulosalarni unutgan. Ular, aslida, Yevropani yana urushga — bu safar gibrid emas, balki haqiqiy urushga — Rossiyaga qarshi tortishga urinayotir», — dedi Lavrov.
U bu so‘zlarini Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlari tugagani haqidagi bayonotiga izoh bergan holda aytdi.