Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qasoskorlik hissi hayvonlarda ham bor

Qasoskorlik hissi hayvonlarda ham bor

Ichidan qaynab kelayotgan alamga qasos orqali malham qo‘yishga urinish faqat insonlar emas, hayvonot olamida ham mavjud tuyg‘udir. Hayvonlarni tez unutuvchi deb o‘ylamang, ulardan ayrimlari gina saqlashga juda usta. Masalan:


Qarg‘alar. Bu qushlar odamlarning yuzlarini eslab qoladilar va yomon munosabatni kechirmaydilar. Tajribada olimlar niqobli qarg‘alarni tutib, keyin qo‘yib yuborishdi. Yillar o‘tib, ularning yuzini birinchi marta ko‘rishgan bo‘lsa ham, aynan niqob kiyganlarga hujum qilishdi.

Fillar. Ular nafaqat aqlli, balki qasoskor hamdir. Hindistonda ilgari dehqonlar qo‘lidan jabr ko‘rgan fil har yili ularning ekinlarini ataylab nobud qilgan. Afrikada urg‘ochi fillar ovchilarni pistirmaga solib, kutib turishardi. Olimlarning fikricha, fillar odamlarnikiga o‘xshash hissiy xotiraga ega.

Arilar. Ayniqsa qovoq ari boshqa arilarning yuzlarini eslab qolishga qodir. Bu odamlarga ham tegishli: agar siz bir vaqtlar ari uyasini yo‘q qilgan bo‘lsangiz, keyingi safar uchrashganingizda ular sizni taniydilar. Ular shunchaki o‘zlarini himoya qilmaydilar - ularni bezovta qilgan kishini ataylab chaqadilar.

Delfinlar. Bu ko‘rkam jonivorlar hiyla-nayrang hamda sezgir xarakterga ega. Arazlagan delfin buyruqlarni e’tiborsiz qoldirib, murabbiyga suv sepadi. Shuningdek, aniq odamlarni tanib olishlari va yomon munosabatni uzoq vaqt eslab qolishlari mumkin.

Mushuklar.
Uy mushuklari qasos olish bo‘yicha chempion. Ular xafaligini egasiga yoqmaydigan ishlar bilan ifodalaydi. Mushuklar e’tiborsizlikka qarshi qasdlashadi - egasi mehr ko‘rsatmasa, u ham atayin uzoqlashishni boshlaydi.

Kiritildi: Bugun 00:44. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!