Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Urganchda 2 nafar voyaga yetmagan qiz 7 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

Urganchda 2 nafar voyaga yetmagan qiz 7 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uyning tomidan qulab tushib, halok bo‘lganm aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni soat 08:15 atrofida Urganch shahar, “Nurli hayot” ko‘chasi, 20-uy manzilida joylashgan yetti qavatli uyning tomidan 2 nafar ayol jinsiga mansub fuqarolar o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tekshiruvda, o‘z joniga qasd qilgan ayol jinsiga mansub fuqarolarning 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.D. hamda 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.S. ekanliklari aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:20. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!