Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erta nikoh va 16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

Erta nikoh va 16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh hamda 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi homiladorlik holatlari haqida xabar berish majburiyatini bajarmagan shaxslarga ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Taklifga ko‘ra, bunday holatlar haqida ichki ishlar organlari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar berishi shart bo‘lgan, ammo bu majburiyatni bajarmagan davlat organlari yoki tashkilotlar mansabdor shaxslari va xodimlari jarimaga tortilishi mumkin.

Javobgarlik choralari FHDYo bo‘limlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda diniy tashkilotlar vakillariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, huquqbuzarlik haqida xabar bermagan fuqarolar va xodimlarga 3–5 BHM, mansabdor shaxslarga esa 5–10 BHM miqdorida jarima solish belgilanmoqda. Huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshirilishi mumkin.

Shuningdek, erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlari haqida tegishli organlarga xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmi ham belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 19:54 06.09.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!