Eron Yaqin Sharqdagi Amerika nishonlariga zarba berishni boshladi.
Bu haqda Press TV xabar bermoqda.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Islom Respublikasining Hormuz bo‘g‘ozida kemaga hujumiga javoban Eron hududiga yangi zarbalar berishini e’lon qilgan edi.
Shundan so‘ng, Eronning Bandar Abbos, Sirik va Chabahar port shaharlarida, shuningdek, Keshm orolida, Bushehr viloyatining bir nechta hududlarida va Asaluyehda portlashlar sodir bo‘ldi.